VIS ART KLINIKASI · TOSHKENT
Kardiologiya
Yurak va qon tomirlari salomatligi bo‘yicha maslahat.
Vis Art’da kardiolog maslahatini olish mumkin.
Qanday holatlarda murojaat qilish mumkin
- Kardiolog maslahati
- Shikoyatlar va tekshiruv natijalarini muhokama qilish
Mutaxassis jadvali, mavjud tekshiruvlar va narxni yozilish vaqtida aniqlashtiring.
Qachon kardiologga yozilish kerak?
- Yurganda yoki hayajonlanganda koʻkrak qafasida bosuvchi ogʻriq yoki noqulaylik boʻlsa
- Oddiy harakatda ilgari boʻlmagan hansirash paydo boʻlsa
- Yurak urishi notekis, tez-tez yoki juda sekin boʻlsa
- Qayta oʻlchaganda ham qon bosimi 140/90 dan yuqori boʻlsa
- Kechga borib oyoqlar shishsa yoki tez charchasangiz
- Sizda qandli diabet yoki yuqori xolesterin boʻlsa yoxud yaqin qarindoshlaringizda yurak kasalligi uchrasa
Koʻkrakdagi kuchli ogʻriq 15 daqiqadan oshsa, qoʻl yoki oyoqda toʻsatdan holsizlik yoxud nutq buzilishi paydo boʻlsa, qabulni kutmang — 103 raqamiga tez yordam chaqiring.
Maslahat qanday oʻtadi?
Kardiolog Sizdan shikoyatlaringiz, qon bosimingiz va ichayotgan dorilaringiz haqida soʻraydi, avvalgi tekshiruv natijalarini koʻradi va koʻrikdan oʻtkazadi. Soʻng qoʻshimcha tekshiruv yoki davolanish kerakligini tushuntiradi.
Oʻzingiz bilan nimalarni olib keling?
- Boʻlsa, tibbiy koʻchirmalar, EKG, yurak UTT va tahlil natijalari
- Ichayotgan dorilaringiz roʻyxati va ularning dozalari
- Soʻnggi kunlarda uyda oʻlchangan qon bosimi qaydlari
Ko‘p so‘raladigan savollar
Yoʻllanma kerakmi?
Yoʻq, telefon yoki Telegram orqali oʻzingiz qabulga yozilishingiz mumkin.
Koʻzimni operatsiya qildirmoqchiman. Kardiolog koʻrigi kerakmi?
Yurak kasalligingiz yoki yuqori qon bosimingiz boʻlsa, bu haqda oftalmologga ayting. Operatsiyadan oldin kardiolog maslahati kerakligini shifokor tushuntiradi.
Maslahatga yozilish
Telegram orqali yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Administrator qabul vaqti va xizmat narxini aniqlashtiradi.
